OHRP — O‘zbekiston Hududiy Rivojlanish Platformasi loyihasi doirasida hududlarni raqamlashtirish va ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion yechim ishlab chiqildi. Platforma viloyat, tuman, mahalla va qishloqlar kesimida aholi, yoshlar, bandlik, ishsizlik, migratsiya, ta’lim, yer maydoni va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni jamlash va tahlil qilish imkonini beradi. Sun’iy intellekt yordamida hudud muammolarini aniqlash, rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash va amaliy tavsiyalar berish imkoniyati yaratildi. Loyiha konsepsiyasi, MVP va biznes modeli ishlab chiqilib, rivojlanish strategiyasi shakllantirildi. OHRP loyihasi innovatsion tashabbus sifatida tanlov va dasturlarda taqdim etilib, 700 AQSh dollari miqdorida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga erishdi Universitet tomonidan. Loyiha davlat boshqaruvi, hududiy rivojlanish va sun’iy intellektni birlashtiruvchi istiqbolli raqamli yechim sifatida shakllantirildi.