Barqaror biznes natijalari va o'lchanadigan tijorat o'sishini namoyish etadi.
Muvaffaqiyatli startup reyestri
Startup ekotizimida yuqori natijalarga erishgan, investitsiya jalb qilgan va innovatsion rivojlanish ko'rsatkichlariga ega startaplarning noyob bazasi.
Mezonlar
Startup quyidagi mezonlardan kamida ikkitasiga javob bersa, Reyestrga kiritilishi mumkin
Kamida 50 000 AQSh dollariga teng grantlar yoki xalqaro dasturlar orqali moliyalashtirilgan.
Eksport faoliyati bilan shug'ullanadi.
Yuqori texnologik yoki innovatsion mahsulot yaratgan.
Yuqori o'sish ko'rsatkichlariga ega.
Xalqaro tanlovlar yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etgan.
Imtiyozlar
Davlat xaridlari shartnomalari bo'yicha avans to'lovi
Davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar bo'yicha avans to'lovi miqdori:
shartnoma summasi 500 mln so'mgacha bo'lsa, 50 foizgacha;
shartnoma summasi 500 mln so'mdan oshsa, 30 foiz.
Xalqaro Demo Day va akseleratsiya dasturlarida ustuvorlik
Xorijdagi taqdimot kunlari (DemoDay), akseleratsiya dasturlari, startup sohasidagi nufuzli tadbirlar va boshqa tashabbuslarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan startaplar arizalari ustuvor ko'rib chiqiladi.