
NIEX Ecosystem
NIEX Ecosystem — AI yordamida bolalar va oilalarni zararli kontent, phishing, firibgarlik, qimor va boshqa internet xavflaridan himoya qiluvchi platforma.

NIEX Ecosystem — AI yordamida bolalar va oilalarni zararli kontent, phishing, firibgarlik, qimor va boshqa internet xavflaridan himoya qiluvchi platforma.
NIEX Ecosystem — bolalar, yoshlar va oilalarni internetdagi xavflardan himoya qilish uchun yaratilgan AI platforma. U zararli kontent, phishing, firibgarlik, qimor va boshqa raqamli tahdidlarni aniqlaydi va bloklaydi. NIEX Browser dastlabki mahsulotimiz bo‘lib, NIEX Core esa foydalanuvchini turli brauzer va ilovalardan foydalanishidan qat’i nazar himoya qiluvchi asosiy platforma sifatida rivojlantirilmoqda.
Bolalar va oilalar internetda zararli kontent, phishing, firibgarlik, qimor, kiberxavflar va ortiqcha ekran vaqtiga duch keladi. Mavjud parental control vositalari esa ko‘pincha cheklangan sayt yoki ilovalar bilan ishlaydi.
NIEX zararli kontent va internet tahdidlarini AI yordamida aniqlaydi va bloklaydi. NIEX Browser dastlabki himoya qatlamini ta’minlaydi, NIEX Core esa turli brauzer va ilovalarda ishlaydigan universal himoya qatlami sifatida rivojlantirilmoqda.
NIEX freemium obuna modelidan foydalanadi. Asosiy xavfsizlik funksiyalari bepul, premium foydalanuvchilar esa kengaytirilgan himoya va ota-ona nazorati uchun to‘laydi. Dastlab B2C oilalarga, keyin maktab va tashkilotlarga kengayamiz.
Asosiy bozorimiz — farzandlari uchun xavfsiz internet va raqamli himoyaga ehtiyoj sezadigan ota-onalar va oilalar. Dastlab O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo va yaqin bozorlarga e’tibor qaratamiz.
Sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan shu yo'nalishdagi boshqa startaplar.