Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda
Tadbirlar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

Plug and Play Expo 2026: Toshkentda yirik innovatsion tadbir bo‘lib o‘tadi

Plug and Play Expo 2026: Toshkentda yirik innovatsion tadbir bo‘lib o‘tadi

2026-yil 6-may kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 tadbiri bo‘lib o‘tadi

2026-yil 6-may kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 tadbiri bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir startaplar, investorlar, korporativ hamkorlar va texnologiya sohasidagi yetakchilarni bir maydonga jamlaydi.

Expo doirasida enterprise tech, fintech, sun’iy intellekt, kreativ industriyalar, barqarorlik va boshqa yo‘nalishlardagi so‘nggi texnologik yechimlar va g‘oyalar taqdim etiladi. Tadbir ochiq innovatsiya tamoyillari asosida tashkil etilib, turli sohalarda hamkorlik va tajriba almashish imkonini yaratadi.

Dasturdan xalqaro startaplar pitch sessiyalari, venchur kapital va korporativ innovatsiyalar bo‘yicha panel muhokamalar, shuningdek, global AI trendlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘rin olgan. Bundan tashqari, ishtirokchilar korporativ hamkorlarning muvaffaqiyatli innovatsion tajribalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Tadbir 16:30 da ro‘yxatdan o‘tish va networking bilan boshlanadi. Tadbir davomida startaplar chiqishlari, panel sessiyalar va taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. Tadbir yakunida esa ishtirokchilar uchun networking va norasmiy muloqot tashkil etiladi.

Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 tadbiri investorlar, startap asoschilari va innovatsiyaga qiziqadigan barcha uchun yangi hamkorliklar o‘rnatish, global trendlar bilan tanishish va istiqbolli loyihalarni kashf etish imkonini beradi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Joylar cheklangan.

Ro'yxatdan o'tish muddati•Yakunlangan

May 6, 2026

Umumiy ma'lumot


Ma'ruzachilar


Ma'lumot yo'q

Tadbirga qo'shilish


Ma'lumot yo'q
6-may, 2026
Joylashuv keyinroq e’lon qilinadi