
Startap maslahati: Yangi sessiya | 9-iyul
Startup Advice’ning navbatdagi sessiyasi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Sessiyada startap asoschilari va g‘oya yoki MVP’ga ega bo‘lgan qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.
Dastur mahsulotni ishlab chiqish, moliyalashtirish, jamoani shakllantirish va o‘sish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda amaliy yordam beradi.
Dastur quyidagilarni taklif qiladi:
— Startup loyihalari va g‘oyalarining batafsil tahlili
— G‘oyani validatsiya qilish va biznes modelining hayotiyligini tekshirish
— Investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik
— Tajribali mutaxassislarning yo‘l-yo‘riqlari
— Qisqa vaqt ichida maksimal qiymatga erishishga mo‘ljallangan sessiyalar
Startup Advice sessiyalari doimiy ravishda har hafta payshanba kuni o‘tkaziladi. Navbatdagi uchrashuv 9-iyul kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
❗️ Eslatib o'tamiz, sizo‘z loyihalaringizni Digital Startup Awards dasturi doirasida ham rivojlantirishingiz mumkin.
Bu — IT Park Uzbekistan tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro tashabbus bo‘lib, startaplarga 1+1 dasturlari, venchur kreditlash, patent himoyasi, startup vizalari (IT Visa), Regulatory Sandbox, mentorlik, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, investitsiya imkoniyatlari hamda xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni taqdim etadi.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish StartupBase platformasida mavjud.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.