
Seaside Startup Summit Armenia 2026 uchun arizalar qabul qilinmoqda!
O‘z startapingizni xalqaro investorlar, mentorlar va founderlar oldida namoyish etishga tayyormisiz?
26-iyuldan 1-avgustgacha Armanistonning Sevan ko‘li bo‘yida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan startup asoschilari, investorlar va ekotizim vakillarini birlashtiradigan Seaside Startup Summit bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
- Startup battle va pitch sessiyalari
- Investorlar bilan uchrashuvlar
- Mentorlik va workshoplar
- Xalqaro networking imkoniyatlari
- Sovrinlar va investitsiya imkoniyatlari
Ishtirokchi startaplar uchun $100,000 mukofot jamg‘armasi taqdim etiladi.
❗️ Eslatib o'tamiz, sizo‘z loyihalaringizni Digital Startup Awards dasturi doirasida ham rivojlantirishingiz mumkin.
Bu — IT Park Uzbekistan tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro tashabbus bo‘lib, startaplarga 1+1 dasturlari, venchur kreditlash, patent himoyasi, startup vizalari (IT Visa), Regulatory Sandbox, mentorlik, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, investitsiya imkoniyatlari hamda xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni taqdim etadi.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish StartupBase platformasida mavjud.
Seaside Startup Summit 10 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib, 1 000+ startup va 25 000+ ishtirokchini 50 dan ortiq mamlakatdan birlashtirgan.
O‘zbekistonlik startaplar ushbu sammitda allaqachon muvaffaqiyat qozongan. Xususan, Karmon AI o'tgan yili Sevan Startup Summit 2025 finalida $20,000 mukofotni qo‘lga kiritib, xalqaro startup va investorlar hamjamiyati e’tiborini qozongan.