Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda•Tizim sinov jarayonida ishlamoqda
Tadbirlar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

Tokyo Financial Award 2026: FinTech startaplari uchun Yaponiya bozoriga kirish imkoniyati

Tokyo Financial Award 2026: FinTech startaplari uchun Yaponiya bozoriga kirish imkoniyati

Tokio Metropolitan hukumati mahalliy va xalqaro FinTech startaplarini moliyaviy sohadagi ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha innovatsion yechimlarni taqdim etishga taklif qiluvchi "Tokio Financial Award 2026" uchun arizalarni e’lon qildi.

Tokio hukumati (Tokyo Metropolitan Government) xalqaro va mahalliy FinTech startaplari uchun Tokyo Financial Award 2026 tanloviga arizalar qabulini boshladi. Dastur moliya sohasidagi ijtimoiy muammolarni innovatsion yechimlar orqali hal qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 15 ga yaqin startap saralash bosqichidan so‘ng bepul mentorlik, biznes-rejani rivojlantirish, netvorking hamda Tokio kompaniyalari bilan business matching dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Final bosqichida g‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin — 10 million yapon iyenasi (≈ $62,000)
  • 2-o‘rin — 5 million yapon iyenasi (≈ $31,000)
  • 3-o‘rin — 3 million yapon iyenasi (≈ $18,600)

Shuningdek, alohida ajralib turgan loyihalar uchun maxsus mukofot ham taqdim etilishi mumkin.

Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

  • Moliyaviy xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish
  • Jamg‘arma va aktivlarni boshqarish
  • Operatsion samaradorlikni oshirish
  • Risk va komplayens yechimlari
  • Yangi texnologiyalar

Tanlovda Tokio shahrida faoliyat yuritayotgan yoki kelajakda u yerda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan mahalliy va xalqaro FinTech kompaniyalari ishtirok etishi mumkin. Ariza topshirish vaqtida Tokioda ofisga ega bo‘lish talab etilmaydi, biroq kompaniya kelgusida u yerda faoliyat boshlash niyatida bo‘lishi lozim.

Arizalar 2026-yil 7-avgustgacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish: https://www.finaward.metro.tokyo.lg.jp/en/financial-innovation/

Ro'yxatdan o'tish muddati•Yakunlangan

Iyul 7, 2026

Umumiy ma'lumot


7-iyul, 2026
Tokio
Oflayn
Konferensiya
Seed, Pre-seed, Idea, Series A, Series B & Beyond

Ma'ruzachilar


Ma'lumot yo'q

Tadbirga qo'shilish


Ma'lumot yo'q