Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Tadbirlar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

AI jamoalari va smart kapital: xalqaro ekspertlar bilan vorkshop

AI jamoalari va smart kapital: xalqaro ekspertlar bilan vorkshop

AI bilan ishlaydigan jamoani qanday qurish va startap uchun to‘g‘ri hamkorlarni qanday topish mumkin?

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startaplar uchun AI jamoalarini shakllantirish va strategik investitsiyalarga bag‘ishlangan workshop bo‘lib o‘tadi.

Meta’ning generativ AI bo‘yicha kreativ direktori Xulian Gilliam “The Team Got Smaller. The Roles Did Not: How to Build AI Teams That Actually Work Together” mavzusida chiqish qiladi.

Xsolla kompaniyasining investorlar bilan aloqalar va kapital jalb qilish bo‘yicha vitse-prezidenti John Paul Isham “Beyond the Investment: The Importance of Smart Capital & Strategic Partnerships” mavzusida tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Dasturda:

  • AI bilan samarali ishlaydigan jamoani shakllantirish;
  • kichik jamoada vazifalar va mas’uliyatni taqsimlash;
  • startap uchun smart kapitalning ahamiyati;
  • investorlar bilan strategik hamkorlik o‘rnatish;
  • spikerlarga savol berish va networking.

Bundan tashqari, kompaniya o‘sib borgani sari founder o‘ziga berishi kerak bo‘lgan savollar qanday o‘zgarishi haqida fireside chat bo‘lib o‘tadi.

Suhbatda scale-up bosqichida strategik fikrlash, o‘sishni boshqarish, yangi bozorlarga chiqish va founderning roli qanday transformatsiya qilishi muhokama qilinadi.

Fireside chat ishtirokchilari:

  • Antoni Doe — Princeville Capital hamkori
  • Jahongir Normatov — IT Park Uzbekistan Global Partnerships & Strategic Projects Lead

Asosiy savol: kompaniya ulg‘aygani sari founder qaysi savollarni boshqacha bera boshlashi kerak?

Vorkshop davomida ishtirokchilar xalqaro ekspertlarning amaliy tajribasi bilan tanishib, o‘z startaplarini rivojlantirish uchun yangi g‘oyalar oladi.

Manzil: School 21

Sana: 26-sentabr

Vaqt: 11:00

Umumiy ma'lumot


shanba, 26-sentabr, 11:00
School 21
Oflayn
Seminar

Ma'ruzachilar


Ma'lumot yo'q

Tadbirga qo'shilish


Ma'lumot yo'q