
O‘zbekiston bo‘ylab 5 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqda
IT Park Uzbekistan yoshlar, talabalar va startap g‘oyasi bor ishtirokchilar uchun bir oylik inkubatsiya dasturiga start beradi. Dastur quyidagi hududlarda tashkil etiladi
IT Park Uzbekistan yoshlar, talabalar va startap g‘oyasi bor ishtirokchilar uchun bir oylik inkubatsiya dasturiga start beradi. Dastur quyidagi hududlarda tashkil etiladi:
- Navoiy viloyati
- Qashqadaryo viloyati
- Qoraqalpog'iston
- Andijon viloyati
- Farg'ona viloyati
Kimlar qatnashishi mumkin?
— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— IT o‘quv markazi tinglovchilari
— IT kompaniyalari mutaxassislari
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar
Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
✔️ Mahorat darslari
✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish
✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish
Format: Online va Offline