Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Tadbirlar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

Cyberport Global Landing Programme: o‘zbek AI startaplari uchun Gonkong bozoriga chiqish imkoniyati

Cyberport Global Landing Programme: o‘zbek AI startaplari uchun Gonkong bozoriga chiqish imkoniyati

IT Park Uzbekistan va Hong Kong Cyberport hamkorligi doirasida O‘zbekistonning AI startaplar uchun Cyberport Global Landing Programme dasturi tashkil etilmoqda.

IT Park Uzbekistan va Hong Kong Cyberport hamkorligi doirasida O‘zbekistonning AI startaplar uchun Cyberport Global Landing Programme dasturi tashkil etilmoqda. Dastur 2026-yil 2–5-noyabr kunlari Gonkongda bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekistondan 5 ta AI startap ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tashabbus o‘zbek texnologik kompaniyalariga Gonkong bozoriga chiqishda ko‘maklashish, shuningdek, Gonkong va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi mamlakatlari o‘rtasidagi innovatsion hamda investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Hong Kong Cyberport — Gonkongdagi raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar ekotizimining yirik markazlaridan biri bo‘lib, startaplar, investorlar, korporatsiyalar, texnologik hamkorlar va professional xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni birlashtiradi.

Dastur ishtirokchilarga nimalar beradi?

Cyberport Global Landing Programme doirasida tanlangan startaplar:

  • Gonkong bozoriga kirish bo‘yicha amaliy ko‘mak, treninglar va bozor tahlillariga ega bo‘ladi;
  • Hong Kong FinTech Week’da IT Park Uzbekistan stendi doirasida ishtirok etadi va o‘z mahsulotini xalqaro auditoriyaga namoyish qiladi;
  • Cyberport innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishadi;
  • Cyberport Enterprise Network, Investor Network, Technology Network va Professional Network tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • investorlar va potensial biznes hamkorlar bilan uchrashuvlar hamda B2B matchmaking sessiyalarida ishtirok etadi;
  • Gonkong bozorida biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganadi.

Shuningdek, ayrim tanlangan kompaniyalar Cyberport Incubation Programme dasturiga tezlashtirilgan tartibda — Fast-Track orqali kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Cyberport har bir ishtirokchi kompaniya uchun aviachipta va yashash xarajatlarini qoplaydi.

Dastur kimlar uchun?

Dastur, avvalo:

  • sun’iy intellekt yo‘nalishida mahsulot yoki texnologik yechim ishlab chiqayotgan;
  • Series A bosqichiga yetgan;
  • Gonkong bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan startaplarga mo‘ljallangan.

Jami 5 ta O‘zbekiston startapi dasturda ishtirok etish uchun tanlab olinadi.

Dastur sanasi: 2–5-noyabr, 2026-yil

Manzil: Gonkong

Dedlayn: 12-oktabr

Open Call bo‘yicha savollar uchun:

Parvina Sharvonova

p.sharvonova@outsource.gov.uz

+998 97 181 85 50

Rejalashtirilgan-

02 noyabr 2026

Umumiy ma'lumot


dushanba, 2 noyabr, 15:00
Gonkong
Oflayn
Konferensiya
Series A
-

Ma'ruzachilar


-

Tadbirga qo'shilish