
O‘zbekiston va Qozog‘iston startaplari Xitoyda AI bo‘yicha xalqaro dasturda ishtirok etadi
Khan Tengri Innovation Hub tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘iston startaplari uchun sun’iy intellekt sohasida kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro ta’lim dasturi tashkil etilmoqda
Khan Tengri Innovation Hub tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘iston startaplari uchun sun’iy intellekt sohasida kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro ta’lim dasturi tashkil etilmoqda.
Dastur 2026-yil 25-oktabrdan 7-noyabrgacha Xitoyning Shanxay va Suzhou shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar Xitoyning AI ekotizimi, ilmiy tadqiqotlar, texnologik sanoat hamda innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishadi.
Dastur nimalarni o‘z ichiga oladi?
Ishtirokchilar uchun:
- yashash xarajatlari;
- aeroportdan va aeroportga transfer;
- ovqatlanish;
- dastur davomida kundalik transport;
- ta’lim mashg‘ulotlari va kompaniyalarga tashriflar;
- safar sug‘urtasi qoplanadi.
Xalqaro aviachipta va shaxsiy xarajatlar ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.
Dasturga O‘zbekiston va Qozog‘istondan jami 6 ta startap tanlab olinishi rejalashtirilgan.
Kimlar uchun?
Dasturga:
- 45 yoshgacha bo‘lgan;
- bakalavr yoki undan yuqori akademik darajaga ega;
- istalgan sohada professional tajribaga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
Dastur Xitoyning tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt ekotizimini bevosita o‘rganish, texnologik kompaniyalar faoliyati bilan tanishish hamda AI yechimlarini bozorga olib chiqish bo‘yicha amaliy tajriba olish imkonini beradi.
Shanxay va Suzhou, Xitoy
25-oktabr – 7-noyabr, 2026-yil
Dastur tili: ingliz tili