
Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
IT Park Uzbekistan va Hackonnect hamkorligida tashkil etilayotgan bootcamp intensiv dasturining ilk yo‘nalishi — Customer Validation uchun ro‘yxatdan o‘tish ochildi. Dastur startaplarni rivojlantirishga qaratilgan oltita yo‘nalishni qamrab oladi va turli hududlarda o‘tkaziladi.
Mahsulotni rivojlantirishdan oldin mijozlarga aslida nima kerakligini tushunish muhim. Customer Validation yo‘nalishi founderlarga mijozlar ehtiyojini o‘rganish, mahsulot haqidagi taxminlarni tekshirish va yechimga talabni baholashga yordam beradi.
Mashg‘ulotlarda maqsadli mijozlarni aniqlash, ularning muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish hamda olingan fikr-mulohazalar asosida startapning keyingi qadamlarini belgilashga e’tibor qaratiladi.
O‘tkazilish sanalari va hududlar:
- 2026-yil 16–17-oktabr: Samarqand, Navoiy va Qarshi.
Jadvalga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunday holatlarda qo‘shimcha xabar beriladi.
Dasturning boshqa yo‘nalishlari va ularga ro‘yxatdan o‘tish haqida tez orada batafsil ma’lumot e’lon qilinadi.
Mijozlaringizni yaxshiroq tushunish va startapingizning keyingi qadamlarini belgilash uchun dasturga qo‘shiling!