Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Tadbirlar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

O‘zbekiston startaplari uchun Turkiya bozoriga chiqish imkoniyati: Digital Uzbekistan – Turkiye dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

O‘zbekiston startaplari uchun Turkiya bozoriga chiqish imkoniyati: Digital Uzbekistan – Turkiye dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

IT Park Uzbekistan 2026-yil noyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida Digital Uzbekistan – Turkiye tadbirini tashkil etadi

IT Park Uzbekistan 2026-yil noyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida Digital Uzbekistan – Turkiye tadbirini tashkil etadi. Tadbirda ishtirok etish uchun Turkiya bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan yoki ushbu bozorda faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston startaplaridan arizalar qabul qilinmoqda.

Tashabbus O‘zbekiston startaplariga o‘z texnologik mahsulotlarini Turkiyadagi potensial mijozlarga taqdim etish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish hamda xalqaro bozorda faoliyatini rivojlantirish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

Tanlangan startaplar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

Digital Uzbekistan – Turkiye doirasida tanlangan startaplar o‘z mahsulotlarini Turkiyadagi potensial mijozlarga namoyish etish, investorlar, venchur fondlar va biznes farishtalar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, ishtirokchilar IT-distribyutorlar, resellerlar, tizim integratorlari, boshqariladigan IT-xizmatlar provayderlari (MSP), akseleratorlar, innovatsiya markazlari va boshqa ekotizim vakillari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Tadbir davomida startaplar Turkiya bozoriga kirish strategiyasini (Go-to-Market), sotuvlarni rivojlantirish va mahalliy hamkorlar orqali biznesni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganadi.

IT Park Uzbekistan tadbirni to‘liq tashkil etadi, shuningdek, tanlangan startaplarning mahsulot va xizmatlariga mos potensial B2B mijozlar hamda hamkorlarni jalb qilish maqsadida maqsadli reklama va kommunikatsion yordam ko‘rsatadi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Open Call Turkiya bozoriga ilk bor chiqishni rejalashtirayotgan, shuningdek, ushbu bozorda faoliyat yuritayotgan va biznesini yanada kengaytirishni istagan O‘zbekiston startaplari uchun ochiq.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ishlaydigan mahsulot yoki MVP hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega bo‘lishi;
  • Dastlabki sotuvlarni amalga oshirgan yoki mijozlar bilan kamida pilot loyihalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi;
  • Startap asoschisi yoki hammuassisi ingliz tilida erkin muloqot qila olishi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston startaplarining eksport salohiyatini oshirish, Turkiyada yangi mijozlar va strategik hamkorlar topish hamda xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbir o‘tkaziladigan joy: Istanbul, Turkiya.

Tadbir vaqti: 2026-yil 25-noyabr.

Ariza topshirish muddati: 23-oktabr.

Ariza topshirish: Digital Uzbekistan – Turkiye Open Call

Rejalashtirilgan-

25 noyabr 2026

Umumiy ma'lumot


chorshanba, 25-noyabr, 05:00
Istanbul, Turkiya
Oflayn
-
-
-

Ma'ruzachilar


-

Tadbirga qo'shilish