Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Tadbirlar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

O‘zbekiston startaplari uchun Slush 2026 konferensiyasida bepul qatnashish imkoniyati

O‘zbekiston startaplari uchun Slush 2026 konferensiyasida bepul qatnashish imkoniyati

IT Park Uzbekistan 18–19-noyabr kunlari Finlandiyaning Helsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Slush 2026 xalqaro texnologik konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston startaplaridan arizalar qabul qilmoqda

IT Park Uzbekistan 18–19-noyabr kunlari Finlandiyaning Helsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Slush 2026 xalqaro texnologik konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston startaplaridan arizalar qabul qilmoqda. Tanlangan startaplarga konferensiyada qatnashish uchun bepul chiptalar taqdim etiladi.

Slush — startap asoschilari, venchur investorlar va texnologiya ekotizimi vakillarini birlashtiruvchi xalqaro konferensiya. Tadbir startaplarga o‘z mahsulotlarini xalqaro auditoriyaga tanishtirish, potensial investorlar bilan uchrashish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini o‘rganish uchun platforma vazifasini bajaradi.

Mazkur tashabbus Yevropa bozoriga chiqish yoki ushbu bozordagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston startaplarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar

Slush 2026 konferensiyasida qatnashish orqali startaplar:

  • Yevropa bozoridagi potensial mijozlar bilan aloqalar o‘rnatishi;
  • venchur fondlar, biznes-farishtalar va boshqa investorlar bilan tanishishi;
  • strategik hamkorlar topishi va B2B-hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishi;
  • xalqaro aloqalarini kengaytirishi hamda Yevropa startap ekotizimi bilan yaqindan tanishishi mumkin.

IT Park Uzbekistan saralangan startaplarga Slush 2026 konferensiyasida ishtirok etish uchun bepul chiptalar taqdim etadi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Dasturda ishtirok etish uchun startaplar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ishlaydigan mahsulot yoki MVP hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega bo‘lish;
  • mavjud sotuvlar yoki mijozlar bilan amalga oshirilayotgan pilot loyihalarga ega bo‘lish;
  • asoschi yoki hammuassislardan biri ingliz tilida erkin muloqot qila olishi;
  • Yevropa bozoriga chiqish yoki u yerdagi faoliyatini kengaytirishga qiziqish bildirish;
  • amaldagi Shengen vizasiga ega bo‘lish.

Ro‘yxatdan o‘tish

Slush 2026 konferensiyasi 18–19-noyabr kunlari Helsinki, Finlandiyada bo‘lib o‘tadi.

Ariza topshirishning dastlabki belgilangan muddati — 2026-yil 31-oktabr..

Rejalashtirilgan-

18 noyabr 2026

Umumiy ma'lumot


chorshanba, 18-noyabr, 05:00
Helsinki, Finlyandiya
Oflayn
-
-
-

Ma'ruzachilar


-

Tadbirga qo'shilish