
Samarqand uchun bootcamp intensiv dasturining Product & Unit Economics yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
-
Mahsulotingiz iqtisodiyotini tahlil qiling, xarajatlarni optimallashtiring va barqaror biznes modelini shakllantiring!
IT Park Uzbekistan va Hackonnect hamkorligidagi bootcamp intensiv dasturi 6 ta yo‘nalishni qamrab oladi. Uning Product & Unit Economics yo‘nalishi uchun ro‘yxatdan o‘tish ochiq!
Ushbu yo‘nalishda:
⚫️ mahsulot iqtisodiyotini tahlil qilish va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash;
⚫️ mijozni jalb qilish xarajati (CAC) va mijozning umrbod qiymatini (LTV) aniqlash;
⚫️ mahsulot uchun samarali narx belgilash strategiyasini ishlab chiqish;
⚫️ xarajatlarni optimallashtirish va barqaror biznes modelini shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
Qayerda va qachon?
🗓 29–31-oktabr, 2026
📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi
Startapingizning moliyaviy samaradorligini oshirish sari navbatdagi qadamni qo‘ying — dasturga qo‘shiling!