
Raqamli O‘zbekiston: Keniya - O‘zbekiston dasturiy mahsulotlari uchun Keniya bozoriga kirish imkoniyati
IT Park Uzbekistan 2026-yil 8-dekabr kuni Keniyaning Nayrobi shahrida Digital Uzbekistan: Kenya tadbirini tashkil etadi
IT Park Uzbekistan 2026-yil 8-dekabr kuni Keniyaning Nayrobi shahrida Digital Uzbekistan: Kenya tadbirini tashkil etadi. Tadbirda ishtirok etish uchun Keniya bozoriga chiqish yoki ushbu bozordagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston dasturiy mahsulotlaridan arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov asosida 6 tagacha jamoa saralab olinadi.
Digital Uzbekistan: Kenya tashabbusi O‘zbekiston dasturiy mahsulotlariga o‘z texnologik mahsulotlarini Keniyadagi potensial mijozlar va biznes hamkorlarga taqdim etish, yangi savdo aloqalarini o‘rnatish hamda Afrika bozoridagi rivojlanish imkoniyatlarini o‘rganishga ko‘maklashishga qaratilgan.
Tadbir doirasida dasturiy mahsulotlar potensial mijozlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, IT-distribyutorlar, resellerlar, tizim integratorlari va innovatsiya markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Dastur B2B-uchrashuvlar, mahsulotlar taqdimoti va hamkorlar bilan muloqot o‘rnatish sessiyalarini o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar Keniya bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, bozorga kirish strategiyasini (Go-to-Market) shakllantirish, B2B-sotuvlarni rivojlantirish va strategik hamkorlar topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
IT Park Uzbekistan tadbirni to‘liq tashkil etadi hamda tanlangan dasturiy mahsulotlarga mos B2B auditoriyani jalb qilish uchun maqsadli reklama va kommunikatsion yordam ko‘rsatadi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Tanlovda Keniya bozoriga chiqishni yoki ushbu bozordagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston dasturiy mahsulotlari qatnashishi mumkin.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Ishlaydigan mahsulot yoki minimal hayotiy mahsulot (MVP) hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega bo‘lish;
- dastlabki sotuvlar yoki mijozlar bilan amalga oshirilgan pilot loyihalarga ega bo‘lish;
- asoschi yoki hammuassislardan biri ingliz tilida erkin muloqot qila olishi.
Tanlov yakunida 6 tagacha dasturiy mahsulot Digital Uzbekistan: Kenya tadbirida ishtirok etish uchun saralab olinadi.
Ariza topshirish tartibi
Digital Uzbekistan: Kenya tadbiri 2026-yil 8-dekabr kuni Keniyaning Nayrobi shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etishni istagan dasturiy mahsulotlar 12-noyabrga qadar onlayn ariza topshirishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/12lLkcKap-O7SNtE0oWJA4O8QMqs4mtRbuk_s6ZCZkuI/edit
Muhim: Tadbirni tashkil etish, maqsadli reklama va kommunikatsion qo‘llab-quvvatlash IT Park Uzbekistan tomonidan ta’minlanadi. Aviachipta, turar joy va viza bilan bog‘liq xarajatlar esa ishtirokchilarning o‘z hisobidan qoplanadi.
Digital Uzbekistan: Kenya O‘zbekiston dasturiy mahsulotlari uchun Keniyadagi potensial mijozlar va biznes hamkorlar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, yangi savdo imkoniyatlarini o‘rganish hamda xalqaro faoliyatini kengaytirish uchun platforma vazifasini bajaradi.