Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Tadbirlar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

O‘zbekiston IT kompaniyalari uchun Ummon bozoriga chiqish imkoniyati: Digital Uzbekistan – Oman dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

O‘zbekiston IT kompaniyalari uchun Ummon bozoriga chiqish imkoniyati: Digital Uzbekistan – Oman dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

IT Park Uzbekistan 2026-yil 3-dekabr kuni Ummonning Maskat shahrida Digital Uzbekistan – Oman tadbirini tashkil etadi

IT Park Uzbekistan 2026-yil 3-dekabr kuni Ummonning Maskat shahrida Digital Uzbekistan – Oman tadbirini tashkil etadi. Tadbirda ishtirok etish uchun Ummon bozoriga chiqish yoki ushbu bozordagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston IT kompaniyalaridan arizalar qabul qilinmoqda.

Digital Uzbekistan – Oman tashabbusi O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z texnologik mahsulotlarini Ummon bozoridagi potensial mijozlar va biznes hamkorlarga taqdim etish, yangi savdo aloqalarini o‘rnatish hamda xalqaro bozorda rivojlanish imkoniyatlarini o‘rganishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Tadbir doirasida jamoalar mahalliy investorlar, venchur fondlar, biznes-farishtalar va potensial mijozlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, IT-distribyutorlar, resellerlar, tizim integratorlari, boshqariladigan IT-xizmatlar provayderlari (MSP), akseleratorlar va innovatsiya markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilar Ummon bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, bozorga kirish strategiyasini (Go-to-Market) shakllantirish, B2B-sotuvlarni rivojlantirish va strategik hamkorlar topish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

IT Park Uzbekistan tadbirni to‘liq tashkil etadi hamda tanlangan dasturiy mahsulotlarga mos B2B auditoriyani jalb qilish uchun maqsadli reklama va kommunikatsion yordam ko‘rsatadi.

Aviachiptalar, turar joy va safar bilan bog‘liq boshqa barcha xarajatlar ishtirokchi kompaniyalar tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Tanlovda Ummon bozoriga chiqishni yoki ushbu bozordagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston kompaniyalari qatnashishi mumkin.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ishlaydigan mahsulot yoki minimal hayotiy mahsulot (MVP) hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega bo‘lish;
  • dastlabki sotuvlar yoki mijozlar bilan amalga oshirilgan pilot loyihalarga ega bo‘lish;
  • asoschi yoki hammuassislardan biri ingliz tilida erkin muloqot qila olishi.

Ariza topshirish tartibi

Digital Uzbekistan – Oman tadbiri 2026-yil 3-dekabr kuni Ummonning Maskat shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etishni istagan startaplar 29-oktabrga qadar onlayn ariza topshirishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/7YwR7LD7baza7eK17

Digital Uzbekistan – Oman O‘zbekiston kompaniyalari uchun Ummon bozoridagi potensial mijozlar, investorlar va biznes hamkorlar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish hamda xalqaro faoliyatini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.

Rejalashtirilgan-

03 dekabr 2026

Umumiy ma'lumot


payshanba, 3 dekabr, 15:00
Joylashuv keyinroq e’lon qilinadi
-
-
-
-

Ma'ruzachilar


-

Tadbirga qo'shilish