
17-iyun kuni Founder Hub maydonida Startup Deep Dive tadbiri bo‘lib o‘tdi. IT Park Ventures va SABAH.HUB bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir startap asoschilari uchun mahsulot rivojlantirish, investitsiyaga tayyor
garlik va xalqaro bozorga chiqish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda 15 ta startap o‘z loyihalarini taqdim etdi. Sessiyada 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi, har bir jamoa ekspertlardan individual fikr-mulohaza va amaliy tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbirning maxsus mehmoni SABAH.HUB direktorlar kengashi a’zosi va Ozarbayjon startap ekotizimining faol vakillaridan biri Orkhan Abbasov bo‘ldi. U startaplar bilan mahsulot strategiyasi, biznes model, investitsion tayyorgarlik hamda xalqaro rivojlanish masalalari bo‘yicha ishladi.
Sessiya davomida ishtirokchilar product-market fit, traction va scalability kabi startap rivojlanishining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldi. Shuningdek, Ozarbayjon bozori, mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari va xalqaro ekspansiya istiqbollari ham muhokama qilindi.
Startup Deep Dive kabi tadbirlar startap jamoalariga o‘z mahsulotlarini takomillashtirish, investorlar talablarini yaxshiroq tushunish va xalqaro ekotizim vakillari bilan aloqalarni kengaytirish imkonini bermoqda.