
Toshkent startap ekotizimi 500% o‘sishni qayd etdi va rivojlanishda davom etmoqda
Dunyoning yetakchi startap ekotizimlarini tadqiq qiluvchi tashkilotlaridan biri — Startup Genome Toshkentning yangilangan ekotizim profilini e'lon qildi. Hisobotda Toshkent dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimlaridan biri sifatida e'tirof etildi.
Asosiy natijalar:
• Ekotizim qiymati qariyb 500% ga o‘sdi — bu global o‘rtacha (149%) va mintaqaviy ko‘rsatkichdan (66%) ancha yuqori;
• 1 000+ faol startap;
• Umumiy kapitali $200 mln+ bo‘lgan 22 ta venchur fond;
• Erta bosqich investitsiyalari bo‘yicha maksimal 10/10 baho;
• Markaziy Osiyodagi ilk VC-investitsiya olgan unicorn — Uzum.
Ushbu o‘sish mamlakatning yirik tashabbuslari bilan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda:
• President Tech Award — $5 mln mukofot jamg‘armasi;
• President AI Award — $1 mln mukofot jamg‘armasi.
Startup Genome bilan hamkorlikni davom ettirayotganimizdan mamnunmiz va O‘zbekistonning innovatsion ekotizimini global miqyosda rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlikni qadrlaymiz.