
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan’ning Global Growth departamenti Gateway to Growth uchrashuvlarini o‘tkazdi. Ularda O‘zbekiston startaplarining Xitoy, Gonkong, Ozarbayjon, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Afrika bozorlariga chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xitoy va Gonkong yo‘nalishidagi sessiyada Khan Tengri Innovation Hub asoschisi Lyazzat Borankulova, Alibaba Cloud / Qwen Cloud’ning GenAI bo‘yicha bosh arxitektori Dr. Farruh Kushnazarov, Hong Kong Science and Technology Parks Corporation (HKSTP) vakili Ankit Sethi hamda Cyberport vakili Henry Li ishtirok etdi. Ular Xitoy bozoriga kirish yo‘llari, Alibaba bilan AI mahsulotlarini birgalikda rivojlantirish, shuningdek, HKSTP va Cyberport ekotizimlari hamda qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida so‘z yuritdi.
Xitoy va Gonkong yo‘nalishidagi sessiyada Khan Tengri Innovation Hub asoschisi Lyazzat Borankulova, Alibaba Cloud / Qwen Cloud’ning GenAI bo‘yicha bosh arxitektori Dr. Farruh Kushnazarov, Hong Kong Science and Technology Parks Corporation (HKSTP) vakili Ankit Sethi, Cyberport vakili Henry Li hamda IT Park Uzbekistan’ning Sharqiy bozorlarda dasturiy ta’minot korxonalarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Parvina Sharvonova ishtirok etdi.
Ozarbayjon yo‘nalishidagi uchrashuvda IT Park Uzbekistan, High Tech Park Azerbaijan va SABAH.city vakillari hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Muzokaralarda High Tech Park Azerbaijan bosh direktorining o‘rinbosari Abutab Abbasova qatnashdi. Tomonlar o‘zbek startaplarining Ozarbayjon bozoriga chiqishini qo‘llab-quvvatlash, soft landing imkoniyatlari, startaplarning ikki mamlakat dasturlarida ishtiroki, qo‘shma tadbirlar, kovorking va grant imkoniyatlarini muhokama qildi.
Gateway to Growth: GCC & Africa sessiyasi esa 23-sentabr kuni Toshkentdagi Startup Garage’da bo‘lib o‘tdi. Unda Oman Transport, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vazirligi vakili Rania Al Khusaibi, GB Ventures boshqaruvchi hamkori Nada Shaheen, Dream VC hammuassisi va Co-CEO’si Mark Kleyner hamda IT Park Uzbekistan vakillari Iskandar Rakhmetov va Abdurahman Karimberdiev ishtirok etdi.
Ekspertlar Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Afrika bozorlariga chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Xususan, MTCIT Oman ko‘magida O‘mon bozoriga kirish va keyinchalik GCC mamlakatlarida faoliyatni kengaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Gateway to Growth uchrashuvlari startaplarga xalqaro hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish va yangi bozorlarga chiqish uchun mavjud dastur hamda imkoniyatlarni o‘rganish maydonini yaratdi.