Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startaplarning Yevropa va AQSh bozorlariga chiqishi muhokama qilindi
25-sentabr, 2026Mahalliy yangiliklar

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startaplarning Yevropa va AQSh bozorlariga chiqishi muhokama qilindi

23-sentabr kuni Toshkentdagi UzCombinator’da IT Park Uzbekistan’ning Global Growth departamenti Gateway to Growth: UK & EU va Gateway to Growth: U.S.A. sessiyalarini o‘tkazdi. Startap asoschilari xalqaro ekspertlar, investorlar va akseleratorlar vakillari bilan Buyuk Britaniya, Yevropa va AQSh bozorlariga chiqish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Gateway to Growth: UK & EU sessiyasida Academia Park London bosh direktori Ata Arguder, Upvisor bosh direktori Gernot Schwendtner, Sofia Tech Park’ning innovatsiyalar va inkubatsiya yo‘nalishi rahbari Elica Molov, Moneff tijorat direktori Bakhtiyor Aliev hamda IT Park Uzbekistan vakili Buran Mirzasalimov ishtirok etdi.

Upvisor ekspertlari 500 dan ortiq loyiha bilan ishlash tajribasiga asoslanib, xalqaro bozorlarga chiqishda e’tibor berish kerak bo‘lgan amaliy jihatlar bilan bo‘lishdi.

Shuningdek, Sofia Tech Park orqali Bolgariya bozoriga kirish va Yevropaning boshqa bozorlarida faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari taqdim etildi. Spikerlar bozorga kirish yo‘llari, akseleratsiya dasturlari va startaplar uchun mavjud qo‘llab-quvvatlash choralarini muhokama qildi.

Gateway to Growth: U.S.A. sessiyasi AQSh bozoriga chiqish va Amerika kapitalini jalb qilishga bag‘ishlandi. Unda Alchemist Accelerator’ning investorlar bilan aloqalar yo‘nalishi rahbari Katinka Harsányi, investor va a16z Speedrun Scout Yasin Ehsan, VU Venture Partners asoschisi va bosh hamkori Skyler Fernandes hamda IT Park Uzbekistan’ning Global Growth yo‘nalishi vakili Asadkhuja Umarkhonov ishtirok etdi.

Alchemist Accelerator vakili B2B mijozlar ehtiyojini o‘rganish va akseleratsiya dasturlariga startaplarni tanlash jarayonini amaliy misollar asosida ko‘rib chiqdi. Ekspertlar xalqaro investorlar startap asoschilarida nimalarga e’tibor berishi, AQSh kapitalini jalb qilish va yirik korporativ mijozlar bilan ishlash masalalarini ham muhokama qildi.

Har ikki sessiyada ishtirokchilar ekspertlarga savollar berish, ular bilan aloqa o‘rnatish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Sizga tavsiya qilamiz