Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

O‘zbekistonning 10 ta kompaniya va loyihasi ASOCIO Digital & AI Awards 2026 mukofotlari bilan taqdirlandi
7-oktabr, 2026Mahalliy yangiliklar

O‘zbekistonning 10 ta kompaniya va loyihasi ASOCIO Digital & AI Awards 2026 mukofotlari bilan taqdirlandi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Startup & Venture Summit’da O‘zbekistonning 10 ta kompaniya va loyihasi ASOCIO Digital & AI Awards 2026 g‘olibi deb topilgani haqida xabar bergan edik.

IT Park Uzbekistan 2026-yil iyul oyida ASOCIO a’zoligiga qo‘shilgan edi. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston texnologik kompaniyalarini xalqaro maydonda ilgari surish va Osiyo hamda Okeaniya AKT ekotizimi bilan aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Uning dastlabki amaliy natijalaridan biri sifatida Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan ASOCIO Digital & AI Awards 2026 rasmiy taqdirlash marosimida O‘zbekistonning 10 ta kompaniya va loyihasiga xalqaro mukofotlar topshirildi.

Taqdirlash marosimi Asian-Oceanian Computing Industry Organization (ASOCIO) tomonidan tashkil etildi. ASOCIO — IT Park Uzbekistan a’zo bo‘lgan Osiyo va Okeaniyaning 25 mamlakatidagi AKT assotsiatsiyalarini birlashtiruvchi xalqaro federatsiya bo‘lib, uning tarmog‘i 29 mingdan ortiq AKT kompaniyasini qamrab oladi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 45 foizini tashkil etadi.

O‘zbekistondan 10 ta g‘olib

ASOCIO Digital & AI Awards 2026 doirasida O‘zbekiston vakillari quyidagi yo‘nalishlarda e’tirof etildi:

  • UNICON-SOFT — Raqamli hukumat;
  • IT-Park University — Iqtidorlarni rivojlantirish;
  • C7 Cybersecurity — Kiberxavfsizlikda AI;
  • Braille Recognition — Jamiyat manfaatlari uchun AI;
  • OSNOVA — Ta’limda AI;
  • Sino AI — Sog‘liqni saqlashda AI;
  • Growz — Aqlli qishloq xo‘jaligida AI;
  • MoliyAI — Moliyaviy xizmatlarda AI;
  • VERIFIX — Mehnat resurslarini boshqarishda AI;
  • AURA AI — Ishlab chiqarishda AI.

Jakartadagi rasmiy taqdirlash marosimida IT-Park University, Sino AI, AURA AI va Braille Recognition vakillari ishtirok etib, o‘z mukofotlarini shaxsan qabul qildi.

UNICON-SOFT, MoliyAI, OSNOVA, Growz, VERIFIX va C7 Cybersecurity’ga taqdim etilgan mukofotlar esa IT Park Uzbekistan delegatsiyasi tomonidan qabul qilindi.

ICT WEEK’dan Jakartagacha

O‘zbekiston vakillarining ASOCIO Digital & AI Awards 2026’dagi muvaffaqiyati ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Startup & Venture Summit’da e’lon qilingan edi. Sammit davomida, shuningdek, IT Park Uzbekistan’ning ASOCIO’ga a’zo bo‘lgani rasman e’lon qilindi.

Jakartadagi taqdirlash marosimi ushbu jarayonning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. O‘zbekiston kompaniya va loyihalarining mukofotlanishi ularning yechimlarini Osiyo va Okeaniya texnologik hamjamiyatiga taqdim etish hamda xalqaro professional aloqalarni kengaytirish imkonini yaratadi.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

Jakartaga tashrif dasturi faqat taqdirlash marosimi bilan cheklanmaydi. O‘zbekiston delegatsiyasi ASOCIO General Assembly’da ishtirok etib, mintaqadagi AKT tashkilotlari va hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Tashrif doirasida, shuningdek, Indoneziyaning texnologik va biznes tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston kompaniyalarining Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda IT Park Uzbekistan va ASOCIO o‘rtasidagi kelgusi qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

ASOCIO Digital & AI Awards’dagi 10 ta mukofot O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsiyalar yo‘nalishidagi kompaniya va loyihalarining xalqaro maydondagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Sizga tavsiya qilamiz