Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

IT Park Ventures portfel startapi Bigmart $500 ming investitsiya jalb qildi
7-oktabr, 2026Mahalliy yangiliklar

IT Park Ventures portfel startapi Bigmart $500 ming investitsiya jalb qildi

Korporativ xaridlarni avtomatlashtirishga ixtisoslashgan Bigmart B2B-marketpleysi $500 minglik Pre-seed investitsiya raundini yopdi. Sindikatsiyalangan investitsiya raundida Imkon Ventures, Aloqa Ventures va United Ventures venchur fondlari ishtirok etdi.

Yangi investitsiya kompaniyaning barqaror o‘sishining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Avvalroq, 22-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida o‘tkazilgan Startup & Venture Summit vaqtida Bigmart IT Park Ventures’dan $100 ming strategik investitsiya jalb qilgan edi.

Yangi kapital kompaniya biznes modelining salohiyati va mintaqadagi institutsional investorlarning loyihaga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor ko‘rsatadi.

Korporativ xaridlar uchun yagona platforma

2024-yilda tashkil etilgan Bigmart kompaniyalarga korporativ xarid jarayonlarini soddalashtirish va markazlashtirishga yordam beradi.

Platforma “yagona oyna” tamoyili asosida ishlaydi: biznes uchun zarur tovar va xizmatlarni bir joyga jamlab, ko‘plab yetkazib beruvchilar bilan alohida ishlash, turli shartnomalar tuzish va tarqoq hujjat aylanishiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Bugungi kunda platformada 40 mingdan ortiq mahsulot va xizmatlar mavjud. Ular orasida kanselyariya mahsulotlari, maishiy kimyo, elektronika, oziq-ovqat mahsulotlari va korporativ sovg‘alar bor.

Bigmart mijozlari qatoridan Murad Buildings, Akfa, Wildberries, Ground Zero va Kapital Bank kabi kompaniyalar o‘rin olgan.

Investitsiya nimaga yo‘naltiriladi?

Jalb qilingan $500 ming kompaniyaning keyingi masshtablashuvi va texnologik platformani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Bigmart’ning asosiy ustuvor yo‘nalishlari:

  • B2B savdolarini kengaytirish va yangi segmentlarga chiqish;
  • banklar orqali distribyutsiya kanalini rivojlantirish;
  • platformaga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

Jamoa AI’dan xaridlar bo‘yicha prediktiv tahlil va shaxsiylashtirilgan tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu korporativ xarid jarayonlarini yanada avtomatlashtirish va samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Bigmart uchun yangi investitsiya raundi biznes modelini kengaytirish va korporativ xaridlar uchun raqamli infratuzilmani rivojlantirishning navbatdagi bosqichi hisoblanadi.

O‘zbekiston venchur bozori nuqtayi nazaridan esa mazkur bitim an’anaviy B2B jarayonlarini raqamlashtiruvchi va biznes uchun yangi texnologik vositalar yaratuvchi yechimlarga investorlar qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Sizga tavsiya qilamiz