Startapingizni global darajaga olib chiqish va dunyoning yetakchi startap hamjamiyatiga qo‘shilishga tayyormisiz?
Y Combinator (YC) 2027-yil yanvar–mart oylarida San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Winter 2027 akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Imkoniyat O‘zbekiston startaplari uchun ham ochiq!
Dastur ishtirokchilarini nimalar kutmoqda?
- Global Networking — xalqaro investorlar, tajribali founderlar va YC hamjamiyati bilan aloqalar o‘rnatish;
- Mentorship — YC hamkorlaridan amaliy maslahatlar olish va startapni rivojlantirish;
- Silicon Valley Experience — uch oy davomida San-Fransiskoda mahsulotni takomillashtirish va global o‘sishga tayyorlanish;
- $500 000 investitsiya — YC’ning standart investitsiya shartlari asosida moliyalashtirish;
- $12 milliondan ortiq imtiyozlar — cloud, AI va boshqa texnologik xizmatlar uchun kreditlar va maxsus takliflardan foydalanish.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Global miqyosda rivojlanishni maqsad qilgan startaplar. Ariza topshirish uchun kompaniyangiz AQShda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart emas.
📍 San-Fransisko, AQSh
🗓 2027-yil yanvar–mart
⏳ Dedlayn: 3-noyabr, soat 09:00
O‘zbekistonlik founderlar ham YC sahnasida!
Vatandoshlarimiz asos solgan Twolabs.ai (Sardor Rahmatulloyev) va Speko.ai (Beknazar Abdikamalov) avvalroq Y Combinator dasturiga qabul qilingan.
🚀 Balki keyingi YC startapi aynan sizniki bo‘lar?