Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

O‘zbekiston startap ekotizimi global maydonda: TechCrunch Disrupt 2026 va Silicon Valley!
21-oktabr, 2026Global yangiliklar

O‘zbekiston startap ekotizimi global maydonda: TechCrunch Disrupt 2026 va Silicon Valley!

O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro texnologiya hamjamiyati bilan aloqalarini kengaytirishda davom etmoqda. 13–15-oktabr kunlari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan TechCrunch Disrupt 2026 konferensiyasida IT Park Uzbekistan mamlakatning startaplarni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari, rivojlanayotgan venchur ekotizimi va innovatsion loyihalarini global auditoriyaga tanishtirdi. AQShga tashrif doirasida xalqaro texnologiya kompaniyalari, venchur fondlar, akseleratorlar va universitetlar bilan strategik hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.



TechCrunch Disrupt 2026: O‘zbekiston global texnologiya hamjamiyati markazida



Dunyoning yetakchi texnologik konferensiyalaridan biri — TechCrunch Disrupt 2026 O‘zbekiston startap ekotizimini xalqaro investorlar, texnologiya kompaniyalari va innovatsion tashkilotlarga tanishtirish uchun muhim platforma bo‘ldi.


Konferensiya davomida IT Park Uzbekistan vakillari mamlakatda startaplar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari, venchur moliyalashtirish tashabbuslari hamda startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini taqdim etdi.


O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki nafaqat mahalliy texnologik mahsulotlarni xalqaro auditoriyaga tanishtirish, balki mamlakatning global innovatsion ekotizimdagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga ham qaratildi. Konferensiya doirasida Deloitte Tohmatsu Venture Support, PitchBook, Google for Startups, Qatar Science & Technology Park, U.S. Department of Commerce va TechCrunch Disrupt vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar xalqaro ekotizimlar bilan aloqalarni rivojlantirish va O‘zbekiston startaplari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga xizmat qildi.


O‘zbekiston startaplari xalqaro auditoriya e’tiborida



Silkroad Innovation Hub tomonidan tashkil etilgan, IT Park Uzbekistan va Astana Hub hamkorligidagi Silkroad Pavilion O‘zbekiston va Qozog‘istondan jami 16 ta texnologik loyihani birlashtirdi.

Pavilyonda O‘zbekistonning Darstop va Perceptional startaplari o‘z mahsulotlarini xalqaro investorlar, texnologiya kompaniyalari va konferensiya ishtirokchilariga tanishtirdi.



  1. Darstop (EdTech) — Shuxrat Fayziyev va Ma’ruf Yusuf tomonidan rivojlantirilayotgan, xorijda yashovchi migrant oilalar farzandlariga masofaviy ta’lim olish imkonini beruvchi platforma.
  2. Perceptional (AI Automation) — Sardor Ahmedov tomonidan ishlab chiqilgan Jared nomli AI xodim orqali kompaniyalarning turli dastur va platformalardagi ish jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan yechim.



Shuningdek, O‘zbekistonning Cerberus AI startapi Road to TechCrunch Startup Battlefield pitch tanlovi g‘oliblaridan biri sifatida TechCrunch Startup Battlefield 200 dasturiga saralandi. Aziz Ahmedxo‘jayev asos solgan loyiha sun’iy intellekt yordamida korporativ tizimlardagi kiberxavfsizlik zaifliklarini aniqlash va tekshirishga ixtisoslashgan.



Konferensiyaning uch kuni davomida startaplar potensial mijozlar, investorlar va texnologik hamkorlar bilan uchrashish, mahsulotlari bo‘yicha fikr-mulohazalar olish hamda AQSh bozoridagi imkoniyatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Silkroad Pavilion ishtirokchilari Pitch Showcase Stage sahnasida ham o‘z loyihalarini taqdim etdi.

Bu ishtirok O‘zbekistonda shakllanayotgan texnologik kompaniyalar xalqaro bozor ehtiyojlariga mos mahsulotlar yaratayotganini ko‘rsatdi.



Silicon Valley: global tajribadan mahalliy ekotizim rivojigacha



TechCrunch Disrupt 2026 bilan bir qatorda IT Park Uzbekistan delegatsiyasi AQShning yetakchi texnologik kompaniyalari, venchur fondlari, akseleratorlari va innovatsion markazlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashriflarning asosiy yo‘nalishi xalqaro tajribani o‘rganish, O‘zbekiston startaplari uchun global imkoniyatlarni kengaytirish va mamlakatda yangi innovatsion hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.



Korporativ innovatsiyalar va akseleratsiya



Delegatsiyaning Plug and Play startap kampusiga tashrifi davomida yirik kompaniyalar va startaplar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, korporativ buyurtmalar asosida innovatsion yechimlarni sinovdan o‘tkazish hamda startaplarni dastlabki bosqichdan xalqaro masshtablashgacha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganildi. Ushbu tajriba O‘zbekistonda korporativ akseleratorlar, pilot loyihalar va Open Innovation dasturlarini rivojlantirish uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.


Draper University — Silicon Valley tadbirkorlik muhitida faoliyat yurituvchi, founderlarni tayyorlash va ularning xalqaro biznes aloqalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan ta'lim va akseleratsiya markazi.

Markaz bilan uchrashuvda korporativ akseleratsiya va Open Innovation yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, yirik kompaniyalarning real biznes muammolarini startaplar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion yechimlar orqali hal qilishga qaratilgan dasturlarni rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.


Antler — startaplarni g‘oya bosqichidan qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan xalqaro venchur investitsiya platformasi. Uning modeli istiqbolli founderlarni birlashtirish, kuchli jamoalarni shakllantirish, biznes g‘oyalarni tekshirish va dastlabki investitsiyalardan keyingi o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan.


Antler ofisiga tashrif davomida aynan shu yondashuvlar, jumladan, startaplarni shakllantirishning ilk bosqichlarida mentorlik, investitsiya va xalqaro ekspertizani birlashtirish tajribasi o‘rganildi.

Ushbu uchrashuvlarning umumiy maqsadi O‘zbekistonda startaplarni faqat akseleratsiya dasturi davomida emas, balki g‘oyadan mahsulot yaratish, ilk mijozlarni topish, investitsiya jalb qilish va xalqaro bozorga chiqishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirishdan iborat.



DeepTech, R&D va texnologik tadbirkorlik



Founder.Inc bilan uchrashuvda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar (R&D) hamda DeepTech startaplarini rivojlantirish tajribasi o‘rganildi. Bunda ilmiy g‘oyalarni tijoratlashtirish, texnologik mahsulotlarga aylantirish va yuqori texnologiyali kompaniyalarni shakllantirish yondashuvlariga e’tibor qaratildi.


Roblox ofisiga tashrif davomida texnologik va innovatsion yo‘nalishlarda potensial hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.


Los-Anjelesdagi WePlay Studio bilan uchrashuvda esa sun’iy intellektdan foydalanilgan kontent ishlab chiqarish, prodakshen va postprodakshen jarayonlari bo‘yicha kompaniya tajribasi o‘rganildi.

Ushbu uchrashuvlar O‘zbekistonda sun’iy intellekt, kreativ texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarga asoslangan startaplarni rivojlantirish uchun xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytiradi.



Universitetlar va AQSh bozoriga chiqish imkoniyatlari



StartX va Stanford University bilan uchrashuvlarda AQSh bozoriga chiqishga tayyor O‘zbekiston startaplarini qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro innovatsion muhitga integratsiyasini kuchaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Los-Anjelesdagi University of Southern California (USC) universitetining USC Village hududiga tashrif davomida universitet ekotizimida startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda kreativ industriyalar va texnologiyalar kesishmasidagi loyihalarni rag‘batlantirish tajribasi o‘rganildi.


Universitetlar va innovatsion markazlar bilan bunday muloqotlar O‘zbekiston startaplarining xalqaro ekspertiza, tadqiqot muhiti va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlaridan foydalanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.



Global venchur hamjamiyati bilan hamkorlikni kengaytirish



AQShga tashrif doirasida Pegasus Tech Ventures bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda Startup World Cup tanlovining mintaqaviy bosqichlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Startup World Cup kabi xalqaro platformalar O‘zbekiston startaplariga global investorlar oldida o‘z loyihalarini taqdim etish, xalqaro aloqalar o‘rnatish va venchur moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun xizmat qiladi.


Bundan tashqari, konferensiya doirasidagi xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlar O‘zbekistonning texnologik ekotizimini global venchur va innovatsion tarmoqlarga yanada yaqinlashtirishga qaratildi.



AQShdagi o‘zbekistonlik founderlar bilan muloqot



Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda AQShda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik texnologiya mutaxassislari va startap asoschilari bilan aloqalarni mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratildi.

Silkroad Innovation Hubda o‘tkazilgan uchrashuvda AQShdagi o‘zbekistonlik founderlar bilan startaplarni rivojlantirish, xalqaro bozorda duch kelinayotgan muammolar va mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.


Muloqot davomida xorijda faoliyat yuritayotgan startaplar uchun yana qanday yordam va imkoniyatlar zarurligi haqida takliflar to‘plandi.

Shuningdek, Yoshlar Ventures bilan hamkorlikda AQShdagi vatandoshlar uchun networking uchrashuvi tashkil etildi.



Ushbu muloqotlar O‘zbekiston va Silicon Valley o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, xorijdagi founderlarni mamlakat startap ekotizimi bilan bog‘lash hamda tajriba va imkoniyatlar almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sizga tavsiya qilamiz