Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Hamkorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup maslahatlari

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan.

Parijda yangi imkoniyatlar: IT Park Uzbekistan va STATION F o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi!
21-oktabr, 2026Global yangiliklar

Parijda yangi imkoniyatlar: IT Park Uzbekistan va STATION F o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi!

2026-yil 19-oktabr kuni Parij shahrida IT Park Uzbekistan delegatsiyasi dunyodagi eng yirik startap kampuslaridan biri — STATION Fga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Fransiya startap ekotizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy startaplarning Yevropa bozorlariga chiqishini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrifda IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov va IT hamda BPO xizmatlarini rivojlantirish bo‘limi rahbari Sarvar Vokhidov ishtirok etdi. Delegatsiya STATION F xalqaro hamkorliklar bo‘yicha rahbari Joanna Gruau Buldon bilan uchrashib, ikki mamlakat startap ekotizimlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston startaplari uchun Yevropa bozorlariga yo‘l

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri O‘zbekiston startaplarini STATION F xalqaro ekotizimiga integratsiya qilish bo‘ldi. Xususan, mahalliy startaplarning xalqaro investorlar, texnologik kompaniyalar va potensial biznes hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish, shuningdek, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlari bozorlariga chiqishini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston startaplarining STATION F akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdi. Bunday hamkorlik startaplar uchun xalqaro ekspertlar bilan ishlash, biznes modellarini yangi bozorlar talablariga moslashtirish va global miqyosda rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

Bundan tashqari, STATION F kampusi hududida O‘zbekiston startaplarining xalqaro kengayishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan innovatsion markaz tashkil etish imkoniyati ham muhokama qilindi.

STATION F tajribasi asosida Toshkentda yangi startap kampusini rivojlantirish

Muzokaralar davomida xalqaro tajribani O‘zbekiston startap ekotizimiga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, STATION Fning startaplarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani boshqarish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi tajribasidan foydalanib, Toshkentda yangi startap kampusini rivojlantirish bo‘yicha potensial hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, IT Park Uzbekistan vakillari STATION Fning Immersion Program dasturiga qiziqish bildirdi. Mazkur dastur orqali kampusning operatsion boshqaruv modeli, startaplar bilan ishlash mexanizmlari va ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or amaliyotlarini o‘rganish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Fransiyalik founderlar uchun O‘zbekiston bozoridagi imkoniyatlar

Hamkorlik istiqbollari nafaqat O‘zbekiston startaplarining Yevropaga chiqishi, balki fransiyalik founderlarning O‘zbekiston ekotizimi bilan yaqindan tanishishini ham qamrab oldi.

Xususan, fransiyalik startap asoschilaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Bunday tashrif doirasida xalqaro founderlar mamlakatdagi startap ekotizimi, investitsiya muhiti, texnologik infratuzilma va bozorga kirish imkoniyatlari bilan tanishishi mumkin.

Bu jarayonda Land of Startups tashabbusi orqali xalqaro startaplarni O‘zbekistonning innovatsion salohiyati va mahalliy ekotizim ishtirokchilari bilan tanishtirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Mahalliy g‘oyalardan global imkoniyatlargacha

IT Park Uzbekistan va STATION F o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekiston hamda Fransiya startap ekotizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

Muhokama qilingan tashabbuslar kelgusida O‘zbekiston startaplarining xalqaro bozorlarga chiqishini jadallashtirish, ilg‘or tajribalarni mahalliy ekotizimga tatbiq etish hamda har ikki mamlakat founderlari uchun yangi biznes va investitsiya imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilishi mumkin.

Sizga tavsiya qilamiz