Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup Advice

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan. V1.0.0

IT Park Ventures portfelidagi startaplar NVIDIA va Notion dasturlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi
29-oktabr, 2026Mahalliy yangiliklar

IT Park Ventures portfelidagi startaplar NVIDIA va Notion dasturlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi

IT Park Ventures NVIDIA VC Alliance xalqaro alyansiga qo‘shildi hamda Notion for Startups dasturining hamkoriga aylandi. Ushbu hamkorliklar fond portfelidagi startaplarga sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, mahsulot yaratish jarayonlarini tezlashtirish va jamoaviy ish samaradorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi.

NVIDIA VC Alliance: AI-startaplar uchun texnologik resurslar

NVIDIA VC Alliance sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi investorlarni birlashtirgan global tarmoq hisoblanadi. Alyansga qo‘shilish orqali IT Park Ventures o‘z portfelidagi kompaniyalarni NVIDIA Inception dasturiga tavsiya etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

NVIDIA Inception — sun’iy intellektga asoslangan mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqayotgan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur.

Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishi mumkin:

  • NVIDIA’ning dasturiy ta’minot ishlab chiqish vositalari va ta’lim resurslari;
  • texnik maslahatlar va mahsulotlarni bozorga olib chiqish bo‘yicha resurslar;
  • bulutli infratuzilma xizmatlari uchun kreditlar;
  • NVIDIA mahsulotlari uchun maxsus narxlar va hamkorlarning eksklyuziv takliflari.

IT Park Ventures tomonidan tavsiya etilgan startaplarning arizalari tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Biroq dasturga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qaror NVIDIA tomonidan qabul qilinadi.

NVIDIA Inception dasturida ro‘yxatdan o‘tganiga 10 yildan kam bo‘lgan hamda jamoasida asoschidan tashqari kamida bitta dasturchi faoliyat yuritadigan AI-startaplar ishtirok etishi mumkin.

Konsalting kompaniyalari, buyurtma asosida dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi studiyalar, bulutli xizmatlar provayderlari, resellerlar va kriptovalyuta kompaniyalari dasturga qabul qilinmaydi.

Notion for Startups: 6 oylik bepul Business tarifi

Notion for Startups dasturi bilan hamkorlik IT Park Ventures portfelidagi kompaniyalarga ichki jarayonlarni boshqarish va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Dastur talablariga javob beradigan startaplar Notion AI funksiyalarini ham o‘z ichiga olgan Notion Business tarifidan 6 oy davomida bepul foydalanishi mumkin.

Notion platformasi yordamida startaplar loyihalar va vazifalarni boshqarish, kompaniya bilimlar bazasini shakllantirish, hujjatlar bilan ishlash hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni yagona muhitda tashkil etishi mumkin.

Ushbu taklif quyidagi talablarga javob beradigan startaplar uchun mo‘ljallangan:

  • jamoasida 100 nafardan kam xodim faoliyat yuritishi;
  • Notion xizmatidan yangi foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi;
  • Notion’ning pullik obunasidan foydalanmayotgan bo‘lishi;
  • dasturning boshqa ishtirok shartlariga javob berishi.

Har bir ariza dastur shartlariga muvofiq alohida ko‘rib chiqiladi.

IT Park Ventures portfelidagi kompaniyalar qanday foydalanishi mumkin?

NVIDIA Inception va Notion for Startups bo‘yicha mazkur imkoniyatlar IT Park Ventures portfelidagi kompaniyalar uchun taqdim etiladi.

Portfel startaplari dasturlarning batafsil shartlari, mavjud imtiyozlar va ariza topshirish tartibi yuzasidan IT Park Ventures jamoasiga murojaat qilishi mumkin.

NVIDIA VC Alliance va Notion for Startups bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklar IT Park Ventures’ning portfel kompaniyalarini nafaqat investitsiya, balki xalqaro texnologik resurslar, ekspertiza va biznesni rivojlantirish vositalari orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatini kengaytiradi.

IT Park Ventures portfeliga qo‘shilish va investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun fondga ariza topshirish mumkin.

Sizga tavsiya qilamiz