1+1 dasturi
Aktivlari 50 million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan xorijiy venchur fondlardan mablagʻ jalb qilgan startaplarni qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya mablagʻlarini taqdim etish mexanizmi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin:
- O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar.
- Raqamli startaplar dasturiga ariza topshirgan va startupbase.uz platformasida saralovdan muvaffaqiyatli o‘tgan startaplar.
- Aktivlari 50 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan xorijiy venchur fondlaridan mablag‘ jalb qilgan startaplar.
Qanday xarajatlar qoplanadi:
- Jalb etilgan investitsiyalarga mutanosib, ammo 100 000 AQSH dollaridan oshmaydigan investitsiya mablag‘lari.
Ko'rib chiqish tartibi:
- Ariza Venchur fondi tomonidan 15 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
- Hujjatlarning to‘liqligi va talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
- Qaror Investitsiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.
- Ma’qullanganda, ariza beruvchi investitsiya shartnomasini imzolaydi va mablag‘lar 5 bank ish kuni ichida bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Rad etish uchun asoslar:
- To‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar.
- Nizom talablariga mos kelmaslik.
- Jalb qilingan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish.
Xatolar aniqlansa, ariza elektron pochta orqali xabarnoma yuborilgan holda qayta ishlash uchun qaytariladi. Tuzatishlar startupbase.uz saytidagi shaxsiy kabinetda kiritiladi, shundan so‘ng ariza qayta topshiriladi.