Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup Advice

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan. V1.0.0

IT Park Ventures portfelidagi Clopos kompaniyasi SABAH.angels biznes-farishtalar klubidan 500 000 Ozarbayjon manati — qariyb 294 000 dollar — investitsiya jalb qildi.
6-noyabr, 2026Mahalliy yangiliklar

IT Park Ventures portfelidagi Clopos kompaniyasi SABAH.angels biznes-farishtalar klubidan 500 000 Ozarbayjon manati — qariyb 294 000 dollar — investitsiya jalb qildi.

IT Park Ventures portfelidagi Clopos kompaniyasi SABAH.angels biznes-farishtalar klubidan 500 000 Ozarbayjon manati — qariyb 294 000 dollar — investitsiya jalb qildi. SAFE asosida rasmiylashtirilgan mablağ kompaniyaning xalqaro bozorlardagi faoliyatini kengaytirish va restoran biznesi uchun yangi moliyaviy mahsulotlarni ishga tushirishga yo‘naltiriladi.

Clopos restoran, kafe va boshqa ovqatlanish muassasalarining kundalik ishini boshqarishga yordam beradigan raqamli platforma yaratadi. Unda kassa tizimi, buyurtmalar, ombor hisobi, moliyaviy hisobot va xodimlar faoliyatini nazorat qilish vositalari jamlangan. Mehmonlar esa smartfon orqali menyuni ko‘rib, buyurtma berishi va hisobni to‘lashi mumkin.

Bugungi kunda 13 mamlakatdagi 4 500 dan ortiq mijoz Clopos yechimlaridan foydalanmoqda. Kompaniyaning Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyada o‘z ofislari bor. Clopos Qirg‘iziston bozoriga ham kirib bordi, Gruziya va Tojikistonda esa faoliyatini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda. Qozog‘istonda mahalliy jamoa uch oy ichida platformaga 100 ta yangi mijozni uladi. Bank CenterCredit bilan hamkorlik esa Clopos yechimlarini bankning biznes mijozlariga taklif qilish imkonini berdi.

Kompaniya restoranlar uchun moliyaviy xizmatlarni ham rivojlantirmoqda. Ozarbayjonda Birbank bilan birgalikda ishga tushirilgan Clopos Pay mehmonlarga an’anaviy to‘lov terminalisiz hisobni to‘lash imkonini beradi. Clopos ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq muassasa ushbu yechimdan foydalanadi va ular naqd pulsiz tranzaksiyalarining qariyb 70 foizini Clopos Pay orqali amalga oshiradi.

Yangi investitsiya Clopos’ga maqsadli bozorlarda savdo va qo‘llab-quvvatlash jamoalarini shakllantirish, xalqaro tarmog‘ini kengaytirish hamda restoran boshqaruvi va moliyaviy xizmatlarni birlashtirgan ekotizimini rivojlantirishga yordam beradi.

Sizga tavsiya qilamiz

O‘zbekiston va AQSH startap ekotizimi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash

O‘zbekiston va AQSH startap ekotizimi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash

9-noyabr, 2026

6-noyabr, 2026