Özbekistonning Aura OS va Growy AI startaplari “SEA Enterprise Tech Launchpad” dasturi 2-oqimining Malayziyada ötkazilgan oflayn bosqichida iştirok etdi. Jamoalar mahalliy bozorni örgandi, potensial hamkorlarga öz yeçimlarini taqdim etdi va biznesni mintaqada rivojlantiriş böyiça ekspertlar bilan işladi.
Dastur IT Park Uzbekistan va Astana Hub hamkorligida tashkil etilgan Big Sky SEA Hub doirasida amalga oşirilmoqda. U Özbekiston va Qozoğiston texnologik startaplariga Janubi-Şarqiy Osiyo bozorlariga çiqiş, mahsulotlarini mahalliy talablarga moslaştiriş hamda mijozlar, hamkorlar va investorlar topişda yordam beradi.
Bozorni örganiş va strategiya ustida işlaş
Big Sky Capital va GUIDE ekspertlari bilan individual maslahatlarda startaplar Malayziya va Singapur bozorlari uçun mahsulotni pozitsiyalaş, narx belgilaş va mahalliy talablarga moslaştiriş masalalarini muhokama qildi.
Gobi Partners bilan birgalikda tashkil etilgan taşriflar esa kompaniyalarning amaliy tajribasini örganiş imkonini berdi. Iştirokçilar Exabytes, EasyParcel, Estek Automation va Sky-Tag Robotics jamoalari bilan tanişib, ularning biznesni rivojlantiriş va kengaytiriş yondaşuvlarini örgandi.
Potensial mijozlar, hamkorlar va investorlar bilan uçraşuvlar
Penangdagi SME Exchange Forum hamda Kuala-Lumpurda NEXEA bilan ötkazilgan biznes uçraşuvlarida jamoalar öz yeçimlarini biznes vakillari, korporatsiyalar va investorlarga taqdim etdi. NEXEA dasturga yangi hamkor sifatida qöşildi.
Şuningdek, Cradle LIVE! Summit 2026 doirasida startaplar ASEAN CrossConnect orqali mintaqa investorlari va korporatsiyalari bilan individual uçraşuvlar ötkazdi.
Keyingi bosqiç — kelişuvlar va pilot loyihalar
Hozir dasturning onlayn bosqichi davom etmoqda. Jamoalar mentorlar bilan mahsulotlarini Malayziya bozoriga moslaştiriş, potensial mijozlar bilan kelişuvlarni davom ettiriş va pilot loyihalarni yölga qöyiş ustida işlamoqda.
IT Park Uzbekistan xalqaro dasturlar orqali startaplarning yangi bozorlarga çiqişi va uzoq muddatli biznes hamkorliklarini yölga qöyişini qöllab-quvvatlamoqda.