Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Kovorking
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup Advice

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan. V1.0.0

O‘zbekiston startaplari Slush 2026 xalqaro texnologiya konferensiyasida ishtirok etdi
23-noyabr, 2026Mahalliy yangiliklar

O‘zbekiston startaplari Slush 2026 xalqaro texnologiya konferensiyasida ishtirok etdi

18–19-noyabr kunlari Finlandiyaning Helsinki shahrida dunyoning turli mamlakatlaridan startaplar, venchur fondlari, investorlar va innovatsion ekotizim vakillarini birlashtiruvchi Slush 2026 xalqaro texnologiya konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda IT Park Uzbekistan ko‘magida O‘zbekistonning ikkita sun’iy intellektga asoslangan startapi ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston nomidan quyidagi startaplar qatnashdi:

  • Rankveo — SEO jarayonlarini avtomatlashtirish hamda bizneslarning an’anaviy va sun’iy intellektga asoslangan qidiruv tizimlaridagi ko‘rinuvchanligini oshirishga xizmat qiluvchi AI platforma.
  • Makon AI — SAT kabi xalqaro imtihonlarga individual tayyorgarlik ko‘rish imkonini beruvchi sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformasi.

Slush 2026 doirasida startaplar o‘z texnologik yechimlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish hamda xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatlarini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, IT Park Uzbekistan vakillari Maria 01, Aalto Startup Center, Sisu Factory va Copenhagen Capacity tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekiston startaplarining xalqaro akseleratsiya dasturlari va Soft Landing tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Berlin Partner, Vienna Business Agency va Toulouse Team Invest vakillari bilan Yevropa bozorlariga chiqish, Market Entry dasturlari, xalqaro startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda investorlar va texnologik hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Slush 2026 konferensiyasidagi ishtirok O‘zbekiston startaplarining xalqaro maydondagi faoliyatini kengaytirish, Yevropa innovatsion ekotizimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va mahalliy texnologik loyihalarning xorijiy bozorlarga chiqishi uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganishga xizmat qildi.

Sizga tavsiya qilamiz

Aura OS va Growy AI: Malayziya bozoriga çiqiş sari navbatdagi qadam

Aura OS va Growy AI: Malayziya bozoriga çiqiş sari navbatdagi qadam

19-noyabr, 2026

IT Park Uzbekistan va Parvaz Studio örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

IT Park Uzbekistan va Parvaz Studio örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

18-noyabr, 2026

GITEX GLOBAL 2026: Özbekiston startaplari uçun Dubaydagi xalqaro texnologiya tadbirida qatnașiș imkoniyati

GITEX GLOBAL 2026: Özbekiston startaplari uçun Dubaydagi xalqaro texnologiya tadbirida qatnașiș imkoniyati

18-noyabr, 2026

Kreativ ğoyadan biznesga: ta’lim, startaplar va industriya hamkorligi

Kreativ ğoyadan biznesga: ta’lim, startaplar va industriya hamkorligi

17-noyabr, 2026